Central Asian Research Index

Foreign Languages in Uzbekistan, 2025, с. 45

KOREYS TILI IQTISODIY-MOLIYAVIY SOHASIGA OID TERMINLARNING DIAXRONIK TAHLILI

Kamola TOJIYEVA

Аннотация · Abstract

Maqolada koreys tilidagi iqtisodiy-moliyaviy terminlarning shakllanishi va evolyutsiyasi tarixiy-lingvistik prizma orqali yoritiladi. Tahlil korpusiga “Samguk Sagi, “Imwon Gyeongjeji, “Gyeongguk Daejeon” soliq kodeksi, Yapon mustamlaka davri statistik to‘plamlari, XX asr hukumat oq qog‘ozlari hamda raqamli bank platformalari terminlari kiritildi. “Terminologik vaziyat” tushunchasi semasiologik (yadro-periferiya), onomasiologik (nomlash motivlari) va ekstralingvistik (ijtimoiy-iqtisodiy katalizatorlar) parametrlar orqali baholandi. Natijalar sinoxitoy hanja qatlamining diaxron uzviyligini, industriyalashuv jarayonida inglizcha leksika keng miqyosda integratsiyalangani va raqamli bosqichda gibrid ikki-uch darajali tizim shakllanganini ko‘rsatdi. Evolyutsion algoritm o‘zlashish → fonetik moslashuv → ixtisoslashuv → semantik rekombinatsiya bosqichlari sifatida modellashtirildi; har faza affiksatsiya chastotasi, fonemik almashuv va ma’no kengayishi koeffitsiyentlari bilan kvantitativ belgilandi. Shuningdek, Leksik Dinamika Indeksi (LDI) termini boyish sur’atini ichki morfologik innovatsiya va tashqi global diskurs bosimini inobatga olgan holda, 0,73 qiymat bilan baholadi. Tadqiqot koreys tilidagi iqtisodiy terminlarning barqarorligini aniqlab, tarjima va lug‘at tuzish amaliyotiga qo‘llaniladigan to‘rt mezonli ekvivalent tanlash jadvali hamda 10 000 birlikli ochiq elektron korpusni tavsiflaydi, bu esa ingliz va o‘zbek tillarida ham qiyosiy izlanishlar o‘tkazish uchun metodik poydevor yaratadi. Kelgusida model iqtisodiy neologizmlarning bozor nazariyasi, fintech va blokcheyn diskurslarida qanday aks etishini, shuningdek, terminlar migratsiyasi tezligini avtomatik kuzatish imkonini beradi. Bu esa yanada ilmiy prognozlash va til siyosatini optimallashtirishga xizmat qiladi.

Сведения · Details