Central Asian Research Index

Foreign Languages in Uzbekistan, 2025, с. 30

BОRLIQDAGI ZIDDIYATLI MUNОSABATLARNING TILDA SINTAKTIK ANTОNIMLAR ОRQALI VОQЕLANISHIDA INSON BILIMLARINING O‘RNI

Nasiba SAYIDIRAXIMOVA

Аннотация · Abstract

Ma’lumki, insоn o‘zini o‘rab turgan bоrliqqa nisbatan qarashini asоsan qarama-qarshi munоsabatlar оrqali shakllantiradi. Borliqdagi ziddiyatlarning inson tafakkuridagi aksini til orqali ifodalash masalasi lingvistika, semiotika va falsafa nuqtayi nazaridan fundamental hodisa hisoblanadi. Biroq sintaktik antonimlarda zid munosabatlarning voqelanishi masalasi jahon tilshunosligida F. de Sossyur, R. Yakobson, N. Xomskiy, J. Lakoff va M. Djonson, L. Levi-Strosslar, rus tilshunosligida esa V. V. Vinogradov, Y. Stepanov, A. N. Juravlyov kabi tadqiqotchilarning ishlarida faqat qisman tilga olingan, ammo maxsus tadqiqot obyekti sifatida chuqur o‘rganilmagan. Shu bois ushbu masalani lingvokognitiv aspektda — antroposentrik paradigmada atroflicha tahlil qilish tilshunoslikning dolzarb lmiy vazifalardan biri sanaladi. Qarama-qarshilik va zidlik hodisalari inson tafakkurining eng muhim mantiqiy asoslaridan biri sanaladi. Shu sababli til va tafakkur birligida antonimiya hodisasi nafaqat leksik, balki sintaktik sathda ham alohida o‘ringa ega. Sintaktik antonimlar grammatik konstruksiyalar o‘rtasidagi qarama-qarshi munosabatlarni ifodalash orqali borliqdagi zidliklarni til tizimida aks ettiradi hamda muloqot jarayonida nutqiy samaradorlikni ta’minlaydi. Umuman olganda, maqolada borliqdagi ziddiyatli munosabatlarning tilda ifodalanishi, xususan, sintaktik antonimlar orqali voqelanishida inson bilimlarining roli masalasi lingvokognitiv aspektda atroflicha tahlil qilinadi. Unda inson bilimlarining o‘rni keng yoritilib, sintaktik antonimlarning shakllanishi va qo‘llanishi kognitiv jarayonlar bilan uzviy bog‘liqligi alohida ta’kidlanadi. Jumladan, inson olamni idrok etar ekan, unda mavjud qarama-qarshi hodisalarni mantiqiy kategoriyalar sifatida umumlashtiradi va til vositasida ifodalaydi. Bu jarayonda sintaktik antonimlar kommunikativ ehtiyojni ta’minlash, zidliklarni aniq va lo‘nda shaklda yetkazish, shuningdek, fikrni kuchaytirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, sintaktik antonimlarning nutqiy faoliyatda tutgan o‘rni, ularning turli yosh va ijtimoiy guruhlar nutqida namoyon bo‘lish xususiyatlari, zamonaviy kommunikatsiya jarayonida zidliklarni ifodalashdagi imkoniyatlari ham tahlil qilinadi.

Сведения · Details