Central Asian Research Index

Foreign Languages in Uzbekistan, 2022, с. 157-172

LIFELONG LEARNING PARADIGMASINING KOMPETENSIYALARI TIZIMIDA MADANIYATLARARO MULOQOT

Mоhira KHALIKOVA

National Center for Training Pedagogues in New Methods in Tashkent city

Аннотация · Abstract

Maqolaning tadqiqot obyekti sifatida Lifelong learning — hayot davomida ta’lim paradigmasi kontekstida shaxsda ijtimoiy-madaniy tafovutlarni tushunish va hurmat qilish; dialogdan madaniyatlar polilogiga o‘tish; shaxsning ijtimoiy tolerantlik, boshqa madaniyat vakillariga hurmat, bir-birini anglash va o‘zaro hamkorlikni ta’minlovchi madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari tahlilga tortilgan. Mazkur kontekstda global dunyo va tamaddunlar konvergensiyasi kontinuumida ijtimoiy faoliyatning muvaffaqiyatini tashkil etuvchi omillar, ijtimoiy-madaniy ziddiyatlarni hal qilish, bu y o‘ldagi to‘siqlarni bartaraf etish; global axborot-aloqa tizimiga moslashish, madaniyatlararo muloqotning kognitiv-semantik xususiyatlari hamda ijtimoiy integratsiyaning multikulturalistik diskursi muhokama qilinadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, lifelong learning paradigmasi kontekstida ta’lim dasturlarining kontentiga madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini tatbiq etish, madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslarini yaratishga doir muhim nazariy-empirik xulosalar qilingan hamda metodik tavsiyalar berilgan.

Сведения · Details