Foreign Languages in Uzbekistan, 2022, с. 84-97
INTERAKTIV TELEJURNALISTIKANING PSIXOLOGIK TA’SIR ASPEKTLARI
University of Journalism and Mass Communications of Uzbekistan
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada interaktiv telejurnalistikaning psixologik ta’sir aspektlari masalalari kо‘rib chiqildi. Axborot vositalarining auditoriyaga ta’siri sо‘nggi yillari keng tadqiq etilayotgan va amaliy faoliyatda о‘rganilishiga ehtiyoji baland bо‘lgan sohalardan biridir. Ma’lumki, interaktiv telejurnalistikada muallif bevosita auditoriya vakili bilan muloqotga kirishir ekan, muloqot shaklidan qat’i nazar respondentga ta’sir qilishi, munosabatlarni shakllantirishiga tо‘g‘ri keladi. Bugungi kunda shaxsning zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalari bilan о‘zaro ta’sirlanish jarayoni tahlil etiladigan psixologiya yо‘nalishi bо‘lgan mediapsixologiya sohasi ilmiy tahlil va tadqiq etilishi zarur bо‘lgan ilmiy yо‘nalishlardan biriga aylangan. Izlanishda auditoriyaning OAVga nisbatan ta’sirlanishiga oid tadqiqotlarning natijalari batafsil tahlil qilinadi. Mazkur izlanishlarga kо‘ra, boshqa OAVlarga nisbatan tomoshabinlar telekо‘rsatuvlardan ta’sirlanishi kuchliroq ekanligini ta’kidlash kerak. Interaktiv teledasturlarning asosan rekreativ dasturlarining tomoshabinlarga ma’qul ekanligi muloqotga asoslangan teleloyihalarning samaradorligiga misol bо‘ladi. Shu bilan birga, izlanishda auditoriyaning interaktiv jarayonga bо‘lgan ta’sirchanligi tadqiq etiladi. Maqolada OAV vositasida auditoriyani manipulyatsiya qilish bо‘yicha izlanish natijalari bayon etildi. Tadqiqotning dolzarbligi sifatida zamonaviy mediamakonda psixologik aspektning muhim ahamiyat kasb etishini kо‘rsatish mumkin. Shuningdek, maqolada maishiy interaktiv teledasturlarning tomoshabin psixologiyasiga salbiy ta’siri masalasiga tо‘xtalib о‘tilgan. Izlanishda interaktiv telejurnalistikaning psixologik ta’sir aspektlari ilmiy nazariy qarashlar va amaliy misollar yordamida ochib berilgan, olib borilgan tadqiqotlar natijalariga kо‘ra ilmiy xulosalar qilindi.
Сведения · Details
- DOI 10.36078/1666078399
- Журнал · Journal Foreign Languages in Uzbekistan
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0