Central AsianResearch Index

Mehnat sharoitida shovqin ta’sirini baholash va uni kamaytirishning innovatsion yechimlari

Aliakbar Xojiyev, Shaxnoza Xojiyeva, Sevinch Islamova, Aliakbar Khojiyev, Shakhnoza Khojiyeva, Sevinch Islamova, Алиакбар Хожиев, Шахноза Хожиева, Севинч Исламова

Maqolada nasos stansiyalarida yuzaga keladigan ishlab chiqarish shovqini darajasini baholash, xodimlarning shovqin ta’sirida bo‘lish davomiyligini aniqlash hamda shovqinnime’yorlashtirish bo‘yicha yangi yechimlar ishlab chiqilgan. Tadqiqot obyekti sifatida D1600-90rusumli nasos agregati tanlanib, unda hosil bo‘ladigan shovqin darajalari NAD-1 qurilmasi yordamida o‘lchangan. Tadqiqot natijalari nasos agregatining ish rejimiga qarab shovqin darajasi sezilarli darajada o‘zgarishini ko‘rsatdi. Jumladan, agregat normal ish holatida 48,2–49,6 dB, zo‘riqibishlaganda esa 100,7–104,4 dB shovqin hosil qilishi aniqlandi. Bir ish smenasi davomida shovqindarajasi 48,2 dan 104,4 dB gacha o‘zgarib borishi qayd etildi. Xronometraj kuzatuvlari natijalarigako‘ra, nasos agregatida faoliyat yurituvchi xodimlar bir ish smenasi mobaynida o‘rtacha 5 soat 43daqiqa davomida yuqori darajadagi shovqin ta’siri ostida bo‘lishi aniqlandi. NAD-1 qurilmasi va“Smart Headphone” intellektual monitoring tizimini amaliyotga joriy etish natijasida ish smenasidavomida xodimga ta’sir etuvchi shovqin darajasi 56–59 dB gacha pasayishiga erishildi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 2, № 2, С. 3-8
Язык
Узбекский
Издатель
ТИҚХММИ Миллий тадқиқот университети