Sirdaryo viloyati Xovos tumani sug‘oriladıgan yerlarida sizot suvlari holatini aniqlash va baholash.
Ushbu tadqiqot ishida Sirdaryo viloyatining Xovos tumanidagi sug‘oriladigan yerlardasizot suvlari sathi va minerallashuv holati tahlil qilindi. Tahlillar dala ishlari davomida to‘planganma’lumotlar asosida o‘tkazildi va geografik axborot tizimlari yordamida xaritaga tushirildi. Tadqiqotdavomida quyidagi natijalarga erishildi. So‘nggi ikki yil ichida er osti suvlari sathi pasayganligianiqlandi va ular o‘rtacha 2-3 m (33 699 ga) va 3-5 m (22 260 ga) chuqurlik oralig‘ida joylashgan.Sizot suvlarining yuqori (3 g/l) va juda yuqori (4–5 g/l) minerallashgan hududlari keskin ko‘payganianiqlandi va bu hududlar umumiy maydonning taxminan 98 foizini tashkil qiladi. Ushbu tadqiqotdayaratilgan GIS xaritalari sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridansamarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga yordam beradi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 12, № 3, С. 62-68
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Тошкент ирригация ва мелиорация институти